Afg‘oniston Amudaryo havzasida neft qazib olishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda
Afg‘onistonning TOLOnews agentligi xabar berishicha, Afg‘oniston Amudaryo havzasidagi konda 25 ta yangi quduq qazib, kunlik neft qazib olishni uch ming tonnagacha ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
Hozirgi vaqtda konda 24 ta quduq ishlab turibdi, ular kuniga taxminan 1300 tonna neft ishlab chiqarmoqda. Qazib olingan barcha neft mamlakat ichida qayta ishlanadi va olingan neft mahsulotlari ichki bozorga yetkazib beriladi. Biroq, resurslar va uskunalarning yetishmasligi Afg‘onistonning energetika sohasidagi imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Hozircha Afg‘oniston neftga bo‘lgan ehtiyojning atigi 10 foizini ichki manbalar hisobidan qoplaydi. Ekspertlar ta’kidlashicha, Afg‘oniston tomoni yangi quduqlarni qazish uchun investorlarni jalb qilish va xorijiy yetkazib beruvchilardan uskunalar sotib olishni rejalashtirmoqda.
Sharhlar