Afg‘onistonda 1,4 million qiz toliblar sababli o‘rta va oliy ta’limdan mahrum

Афганская девочка идет среди солдат Талибана по улице Кабула, Афганистан, 31 января 2023 года. REUTERS/Ali Khara

Afg‘onistonda 1,4 million qiz toliblar sababli o‘rta va oliy ta’limdan mahrum. Bunday ma’lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha agentligi (YuNESKO) tomonidan taqdim etilgan. Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, hozir bu ko‘rsatkich 2023-yil aprel oyidagiga nisbatan 300 mingga ko‘p.

YuNESKO shuningdek, agar bu raqamga toliblar taqiqlangan paytda maktabda o‘qimagan qizlar qo‘shilsa, ularning umumiy soni qariyb 2,5 millionni tashkil etishini qayd etgan. Bu mamlakatdagi maktab yoshidagi qizlarning 80 foizini tashkil etadi, deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari.

YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, toliblar boshqaruvidagi Afg‘oniston ayollarga o‘rta va oliy ma’lumotga ega bo‘lishi taqiqlangan dunyodagi yagona davlatdir. Terrorchi guruh uch yil avval AQSh o‘zining so‘nggi qo‘shinlarini olib chiqib ketganidan so‘ng mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritgan edi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.