Afg‘onistonda kuchli yomg‘irlar suv toshqinlariga olib keldi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Foto: Orda.kz

Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Bag‘lon viloyatida mavsumiy yomg‘irlar tufayli kamida 50 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Tolibon” vakillari ma’lum qildi, deb yozadi BBC.

Associated Press viloyat tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi direktoriga tayanib yozishicha, suv toshqinlari bir nechta tumanlarda uylarga va mol-mulkka zarar yetkazgan.

Qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki ko‘plab odamlar bedarak yo‘qolgan.

Kuchli yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan toshqinlar Kobulda ham kuzatildi. Toliblarning tabiiy ofatlarga qarshi kurash vazirligi vakili aytishicha, jabr ko‘rgan hududlarga qutqaruv brigadalari, oziq-ovqat va boshqa buyumlar yuborilgan.

Aprel oyida mamlakatda kuchli yomg‘ir va toshqinlar oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.