Afg‘onistonda ayollar bilan ayollar gaplashishi taqiqlandi
“Tolibon” vaziri Xolid Hanafiy ayollarga nafaqat erkaklar, balki ayollar bilan ham ochiq muloqot qilishni taqiqladi, deb xabar beradi BILD.
Bundan tashqari, vazir bayonotiga ko‘ra, voyaga yetgan qizlarga boshqa voyaga yetgan qizlarning ovozini eshitish taqiqlangan. Shuning uchun ayollar ham boshqa ayollar oldida Qur’onni baland ovozda tilovat qilishdan saqlanishlari kerak.
BILD ta’kidlaganidek, 2021-yil avgustida Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatga kelganidan so‘ng, mamlakatda ayollarga ta’lim olish, erkak hamrohligisiz sayohat qilish va jamoat joylarida, ayniqsa erkaklar bilan gaplashish taqiqlangan edi.
Ularga parklarga borish, suzish va sport bilan shug‘ullanish go‘zallik salonlariga ham borish taqiqlangan.
Ayollar uchun muassasalar yopildi va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonun bekor qilindi.
Ayollar ko‘pincha “g‘ayriislomiy xatti-harakatlar” uchun jazolanadi va qamoqqa tashlanadi.
Tolibon bundan avval ham ayollarning omma oldida chiqishlarini taqiqlagan edi. Bunga javoban, afg‘on ayollari qo‘shiq aytishni boshladilar – norozilik belgisi sifatida qo‘shiq aytish ijtimoiy tarmoqlarda trendga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, BMT afg‘on ayollariga nisbatan barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qilgan.
Sharhlar