Afrika janubida 68 million odam qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Foto: uza.uz
Afrika qit’asining janubiy qismida taxminan 68 million kishi butun mintaqada ekinlarni nobud qilgan Al-Nino sabab, qurg‘oqchilik ta’siridan jabrlanmoqda.

“Reuters” agentligi xabar berishicha, 2024-yil boshlangan qurg‘oqchilik qishloq xo‘jaligi ekinlariga, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish jarayoniga, umumiy iqtisodiyotga zarar yetkazgan va oziq-ovqat taqchilligini keltirib chiqargan.

Janubiy Afrika Rivojlanish hamjamiyati (SADC)ga a’zo 16 davlat rahbarlari Zimbabve poytaxti Xarareda mintaqaviy muammolar, jumladan oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qilish uchun uchrashgan.

SADC ijrochi kotibi Elias Magosi qayd etishicha, mintaqa aholisining 17 foizi yordamga muhtoj. 2024-yilgi yomg‘irli mavsum juda og‘ir kechib, aksariyat hududlar kech boshlangan Al-Nino fenomeniga duch kelgan. Bu Janubiy Afrikada so‘nggi yillarda kuzatilgan eng yomon qurg‘oqchilik hisoblanmoqda. Al-Nino hodisasi Tinch okeani sharqiy qismidagi g‘ayritabiiy darajada iliq suv global ob-havo sharoitini o‘zgartirganda, issiqxona gazi chiqindisi ta’sirida yuzaga kelgan yuqori o‘rtacha harorat birikmasidan kelib chiqqan. Zimbabve, Zambiya, Malavi kabi davlatlar allaqachon ochlik inqirozining falokatli darajasini e’lon qilgan. Lesoto va Namibiya esa jahon hamjamiyatidan insonparvarlik yordami so‘ragan.

“May oyida mintaqa qurg‘oqchilikka qarshi kurashish uchun 5,5 milliard dollarlik gumanitar yordam so‘rab murojaat qildi, ammo hech qanday xayriya olinmadi”, – deydi SADC raisi, Angola Prezidenti Joao Lourenso.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.