Al Arabiya: “Hizbulloh”ning yangi yetakchisi Xoshim Safiуeddin Isroil zarbasi natijasida halok bo‘ldi

Фото: Getty Images

“Hizbulloh”ning yangi rahbari Xoshim Safiуeddin Isroil havo hujumi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya yangiliklar telekanali manbalarga tayanib xabar beradi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Safiуeddin bilan birga uning yordamchilari va “Hizbulloh” dala qo‘mondonlari halok bo‘lgan.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Bayrut chekkasidagi jangarilarning yer osti razvedka qarorgohida harakatning yangi rahbari bilan aloqa juma kuni yirik hujumdan so‘ng uzilib qolgan. Harakatning o‘zi o‘z rahbarining o‘limi haqidagi xabarlarga izoh bermadi.

Isroil matbuotining yozishicha, “SAXAL” Safieddin joylashgan yer osti bunkeriga 73 tonna bomba tashlagan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.