Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini boshqarishi mumkin

алишер усманов
Фото: Википедия

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidentligiga nomzod bo‘ldi. Usmonov FIEni 2008-yildan buyon boshqarib kelgan. 2022-yilning mart oyida u Yevropa Ittifoqi tomonidan unga qarshi joriy qilingan sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatgan edi.

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) rasmiy saytidagi maʼlumotlarga koʻra, Alisher Usmonov nomzodi Rossiya, Belarus, Serbiya va Xitoy kabi 103 mamlakat milliy federatsiyalari tomonidan ilgari surilgan yoki qoʻllab-quvvatlangan. Usmonovning saylovdagi yagona raqibi shved Otto Drakenberg bo‘ladi. Faqat Shvetsiya uning nomzodini qo’llab-quvvatlaydi.

30-noyabr kuni Toshkentda (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tadigan tashkilot kongressida FIE rahbariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Xalqaro federatsiyaning vaqtincha rahbari hozirda Gretsiya vakili Emmanuel Katsiadakis hisoblanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.