Aliуev G‘arbni Armanistonni yangi urush boshlashga gij-gijlashda ayblamoqda
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliуev ayrim G‘arb mamlakatlarining Armanistonni Ozarbayjonga qarshi yangi nizo boshlashga gij-gijlayotganligi borasida bayonot berdi. U bu haqda Boku shahrida G‘alaba bog‘i ochilish marosimida gapirgan.
Aliуevning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlar o‘z manfaatlarini ko‘zlab, Janubiy Kavkazdagi vaziyatni beqarorlashtirishga harakat qilib, Yerevanni harbiy harakatlarga undamoqda. Prezident buning Armaniston davlati uchun fojiaga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.
“Biz urush istamaymiz. Ozarbayjon o‘z hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlab olgan”, – dedi Aliуev va Armanistonni qurollarni ko‘paytirishdan voz kechishga va tashqi ta’sirga bo‘ysunmaslikka chaqirdi.
Ulashish:
Sharhlar