Aliyev Ozarbayjon parlamentini tarqatib yubordi va muddatidan oldin saylovlarni tayinladi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev oltinchi chaqiriq respublika Milliy Majlisini (parlamentini) tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlarni tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deya xabar beradi “Azertaj” davlat agentligi.
“Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 981-moddasi 1-qismiga va 109-moddasi 1-bandiga asoslanib qaror qabul qilaman: oltinchi chaqiriq <…> Milliy Majlisi tarqatib yuborilsin”, — deya hujjatdan iqtibos keltiradi agentlik.
Muddatidan oldin o‘tkaziladigan parlament saylovlari 1-sentyabrga belgilangan.
21-iyun kuni hukmron “Yangi Ozarbayjon” partiyasi deputatlari Aliyevga muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilgan.
Muhokamalar chog‘ida deputatlar Ozarbayjonda muhim xalqaro tadbirlar o‘tkazilishini ta’kidlab, muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazishni maqsadga muvofiq deb topdilar. Muhokamalardan so‘ng murojaat ovozga qo‘yildi va qabul qilindi.
Sharhlar