Amazon Rossiya maxsus kuchlariga yuzlarni tanib olish tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim etgan bo‘lishi mumkin – kompaniyaning sobiq xodimi
Amazon kompaniyasining sobiq xodimi Charlz Forrest kompaniya Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni buzganini aytdi, deb yozadi Financial Times nashri.
Uning ta’kidlashicha 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirilganidan keyin , kompaniya Rossiya xavfsizlik kuchlariga yuzni tanib olish tizimidan foydalanish imkoniyatini ta’minlashda davom etgan. Forrestning ma’lumotlariga ko‘ra, Amazon Rekognition tizimidan foydalanish bo‘yicha shartnoma 2020-yilda Rossiyaning VisionLabs bilan bog‘langan Gollandiyadan soxta kompaniya tomonidan imzolangan.
Bu kompaniya yuzni tanib olish tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Uning mijozlari orasida Rossiyaning yirik banklari va Moskva metrosi bor. 2021-yilda MTS VisionLabs kompaniyasining 100 foiz aksiyalarini 7 milliard rublga sotib olgandi.
London sudida bo‘lib o‘tgan dastlabki sud majlisida Amazon vakili kompaniya VisionLabs kompaniyasiga yuzni tanib olish tizimiga kirishni ta’minlamaganligini, bundan taqdim etilgan hisoblar bo‘yicha ma’lumotlar dalolat berishini aytgan.
“Bi-bi-si rus xizmati” avvalroq VisionLabs texnologiyasi Moskva videokuzatuv tizimida qo‘llanilishini aniqlagan edi. Xavfsizlik kuchlari undan muxolifat faollarini repressiya qilish uchun foydalanadi.
2023 yil fevral oyida VisionLabs AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Keyinchalik u Rossiyadagi sho‘‘ba korxonasiga ega bo‘lgan Gollandiyadagi bosh kompaniyadan voz kechgan.
Sharhlar