Amazonka o‘rmonlarida dunyodagi eng katta ilon aniqlandi (video)

Фото: казахстанская правда

Amazonka o‘rmonlarida dunyodagi eng katta ilon aniqlandi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.

Uni gollandiyalik biolog va teleboshlovchi Frik Vonk topgan. Ilonning uzunligi qariyb 8 metr, og‘irligi 200 kilogrammga yaqin bo‘lib, boshining kattaligi esa odamniki bilan teng.

“Men ilonlarni 32 yildan buyon o‘rganib kelaman, shu sababli biz bilmaydigan yana qancha yangi turlar borligi haqida savol tug‘iladi. Agar shunday katta jonzot shuncha yillardan buyon nigohimizdan chetda qolib kelgan bo‘lsa, undan ko‘ra kamroq ko‘zga tashlanadigan va kamroq o‘rganilgan hayvonlar va o‘simliklar haqida nima deyish mumkin? Bu topilma bizni Janubiy Amerikaning haqiqiy xilma-xilligi haqida o‘ylashga majbur qiladi”, — dedi Vonkning hamkasbi, professor Rivas.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.