Amerika F-16 samolyotlarining birinchi partiyasi Ukrainaga yetib keldi

Фото: Bloomberg

NATO davlatlaridan F-16 qiruvchilarining birinchi transhi Ukrainaga etib keldi. Bu haqda Bloomberg xabar beradi.

Manbalarga ko‘ra, Amerika jangovar samolyotlari reja bo‘yicha oy oxiriga yetib kelgan, biroq ularning soni hali ham oz.

Yaqinda G‘arb ittifoqchilari bilan mashg‘ulotlarni tamomlagan ukrainalik uchuvchilar yangi samolyotlarda parvoz qilishni darhol boshlashlari mumkinmi yoki ularga moslashish uchun qo‘shimcha vaqt kerakmi, hozircha aniq emas. Ukraina Mudofaa vazirligidan hozircha rasmiy izoh yo‘q.

F-16 ni berish jarayoni bir yildan ortiq davom etdi. AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va NATO ittifoqchilarining bir necha bor so‘rovlaridan so‘ng 2023-yilning may oyida bu boradagi pozitsiyasini o‘zgartirgandi.

Ushbu qaror F-16 samolyotlari frontda hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keladimi yoki yo‘qmi degan qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi. Mutaxassislarning qayd etishicha, samolyotlar Ukraina kutganidek jiddiy o‘zgarish qilmasligi mumkin.

Samolyotlarning taqdim etilishi kechikishlar, ehtiyot qismlar bilan bog‘liq muammolar va ukrainalik uchuvchilar va xorijiy instruktorlar o‘rtasidagi til to‘sig‘i bilan bog‘liq bo‘ldi. Shuningdek, havo yo‘laklarining yo‘qligi va mavjud infratuzilmaning Rossiya hujumlariga zaifligi haqida ham xavotirlar bor.

Ayni paytda ukrainalik uchuvchilar chet elda, shu jumladan AQShda malaka oshirishgan. Shu bilan birga, jang maydonida dronlardan keng foydalanilmoqda, Rossiya esa havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirmoqda.

Samolyotlar soni dastlab cheklangan bo‘lsa-da, uzoq muddatda F-16 samolyotlarini topshirish Ukrainaga Rossiya havo ustunligiga qarshi turish va mamlakat infratuzilmasi mudofaasini yaxshilash qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.