Amerika maxfiy hujjatlari bo‘yicha sizish yuz berganligi sababli Isroil Eronga beriladigan zarbani keyinga qoldirdi — The Times
Amerika maxfiy hujjatlari bo‘yicha sizish yuz berganligi sababli Isroil Eronga zarba berishni keyinga qoldirdi, deb yozadi “Meduza”.
Nashrning yozishicha, maxfiy hujjatlarning oshkor bo‘lishi Isroilni Eronga hujum qilish rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilgan, bu esa operatsiyaning kechikishiga olib kelgan. Razvedka manbasining aytishicha, strategiyalarni o‘zgartirish kutilganidan ko‘proq vaqtni oladi.
Federal tergov byurosi Isroil rejalari bilan bog‘liq maxfiy ma’lumotlarning sizib chiqishi bo‘yicha tergov boshladi. 15 va 16 oktyabr sanalari qo‘yilgan hujjatlar eronparast telegram kanalida chop etilgan. Ularda sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar va boshqa ma’lumotlar asosida Isroil rejalariga AQSh baho bergani haqida ma’lumotlar bor edi. Sizdirilgan materiallarda Eron nishonlari tilga olinmagan.
Sharhlar