Amerika qamoqxonasida aybsiz 43 yil. AQShda sud tarixiy adolatsizlikka barham berdi
Qirq uch yil – tarixda hech bir ayol o‘zi sodir etmagan jinoyati uchun Amerika qamoqxonasida bunchalik ko‘p o‘tirmagan. Juma kuni adolat qaror topdi va Sandra Xemme O‘rta G‘arbdagi ayollar qamoqxonasidan ozod qilindi.
Xemme 1980-yilda kutubxonachini pichoq bilan o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Yagona dalil – mahkumning chin dildan iqrorligi edi.
Oradan 40 yil o‘tib, ish vayta ko‘rib chiqildi va sud Xemme aybsiz degan xulosaga keldi. Iyun qarorida aytilishicha, ruhiy kasalliklar shifoxonasida trankvilizatorlar ta’siri ostida bo‘lgan gumondordan olingan iqrornoma asosan tergovchilarning savollariga bir bo‘g‘inli javoblardan iborat bo‘lgan.
Shtat prokurori oxirigacha Missuri shtatidagi uchta sud: quyi sud, apellyatsiya sudi, keyin esa Oliy sud qaroriga qaramay, 43 yil avval begunoh qamoqqa tashlangan ayolni ozod qilishni istamadi. Sudya prokurorni sudga hurmatsizlik uchun javobgarlikka tortish bilan tahdid qilganidan keyingina qamoqxona eshiklari ochildi.
Sharhlar