Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi 400 ta kompaniya va shaxsga nisbatan sanktsiyalar joriy qildi

Фото: euradio

Qo‘shma Shtatlar juma kuni Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning 400 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalar ro‘yxati kengaytirilganini e’lon qildi.

AQSh Davlat departamenti, Moliya vazirligi va Savdo departamenti Ukraina bilan urushda ishtirok etganlik uchun yangi kompaniyalar va jismoniy shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi.

Reuters agentligining xabar berishicha, Davlat departamenti, jumladan, Rossiyaga sanoat uskunalari va mikroelektronika yetkazib berishdagi ishtiroki uchun Xitoyning o‘nlab kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy etilayotganini aniqlik kiritdi.

AQSh Moliya vazirligi o‘z matbuot bayonotida Rossiyaga o‘q-dorilar va boshqa harbiy yuklarni yetkazib beruvchi, rossiyalik oligarxlarga sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beradigan, shuningdek, sanksiya qo‘yilgan oltin sotishdan tushgan pullarni yuvish bilan shug‘ullanuvchi transmilliy konglomerat firmalariga qarshi sanksiyalar joriy qilayotganini ta’kidladi.

“Rossiya o‘z iqtisodiyotini Kreml harbiy-sanoat kompleksi xizmati vositasiga aylantirdi. Butun dunyodagi kompaniyalar, moliya institutlari va hukumatlar Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga ta’minot zanjirlarini qo‘llab-quvvatlashdan qochishlari kerak”, – dedi AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyemo o‘zining matbuot bayonotida.

Yangi sanksiya ro‘yxatidagi shaxslarning 123 tasi, jumladan, Rossiyaning 63 va Xitoyning 42 firmasi AQSh Savdo vazirligi bo‘limi tomonidan yuritiladigan maxsus litsenzion ro‘yxatga kiritilgan.

Ushbu ro‘yxatdagi narsalarni yetkazib berishni istagan AQSh pudratchilari litsenziya olish uchun ariza topshirishlari kerak.

 

.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.