Amerikalik aktyor Tom Xenks saylovlarda Tramp g‘alaba qozonganidan keyin AQShni tark etdi
Gollivud aktyori Tom Xenks Donald Tramp prezidentlikka qayta saylanganidan so‘ng AQShni tark etishini ma’lum qildi.
U o‘zining ochiq maktubida o‘zini siyosiy emigrant deb atab, saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin “Forrest Gamp kabi” ketayotganini hazil qilgan.
Xenks mamlakatga faqat Opra Uinfri prezident bo‘lganida qaytishini aytgan.
Tom Xenks shunday qarorni qabul qilgan yagona odam emas. Yaqinda Richard Gir va uning oilasi Konnektikutdagi ranchosini sotib, Ispaniyaga ko‘chib o‘tmoqda.
Shuningdek, OAV Robert De Niro, Teylor Svift, Ledi Gaga va boshqa mashhurlar yaqin orada AQShni tark etishi mumkinligi haqida yozadi.
Ulashish:
Sharhlar