Andrey Sibiga Ukrainaning yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi

Фото: профиль

Oliy Rada Andrey Sibigani Ukraina tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqladi. Bungacha u Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Janob Sibigani vazir lavozimiga tayinlash loyihasi bugun, 5 sentyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan taqdim etilgan. Oliy Rada deputati Andrey Goncharenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilganidek, 258 nafar deputat Andrey Sibiga tayinlanishi uchun ovoz bergan.

Andrey Sibiga 49 yoshda, u Ternopol oblastining Zborov shahrida tug‘ilgan.

1997-yildan buyon diplomatik lavozimlarda, jumladan, Ukrainaning Polshadagi elchixonasida ishlagan. 2016–2021 yillarda Turkiyadagi elchi, keyin esa prezident devoni rahbari o‘rinbosari bo‘lgan. 2024-yilning aprelida u Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.