Angela Merkelning xotiralari bitilgan kitob ikki kunda bestsellerga aylandi

Фото: Ratel.kz

Germaniya sobiq kantsleri Beate Baumann bilan hamkorlikda yozgan “Erkinlik” kitobi katta qiziqish uyg‘otdi va tezda bestsellerga aylandi. 700 sahifadan ortiq bo‘lgan ushbu xotiralar 31 mamlakatda nashr etiladi.

Berlindagi Dussmann kitob do‘konida o‘tkazilgan taqdimotda Angela Merkelning imzosini olishni istagan ko‘plab muxlislar to‘plandi. Kitobxonlar uning siyosiy merosi haqidagi fikrlar turlicha bo‘lsa-da, Merkelning Yevropa va jahon miqyosidagi ahamiyatini ta’kidlamoqdalar.

2-dekabr kuni Merkel Vashingtonda AQShning sobiq prezidenti Barak Obama bilan birga o‘z kitobini taqdim etib, xalqaro adabiy turnesini boshlaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.