Pentagon Kiyevga AQSH qurolidan Rossiyaga zarbalarda foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar yuboradi
AQSH administratsiyasi Pentagonga Ukrainaga Rossiyaning qaysi obyektlariga Amerika quroli bilan zarbalar berish mumkinligi borasida aniq ko‘rsatmalar yuborishni topshirgan. Bu haqda The New York Times o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, zarur ko‘rsatmalarni Pentagon rahbari Lloyd Ostin allaqachon NATOning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari qo‘mondoni general Kristofer Kavoliga bergan.
Ta’kidlanishicha, aynan Kavoli avvalroq Ukraina tomoniga AQSH hukumatining Amerika quroli bilan Rossiya hududiga, ammo faqat Xarkovga zarbalar berishga ruxsat etish qarorini yetkazgan.
May oyida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans ittifoqdoshlarini Ukrainaga yetkazilayotgan qurol-yarog‘ bilan Rossiya hududiga hujum qilishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga bir necha marta chaqirgandi. Uni Fransiya va Polsha qo‘llab-quvvatladi, Germaniya bu g‘oyaga qarshi chiqdi. Daniya o‘zi tez orada Kiyevga yuboradigan F-16 qiruvchilarini Ukraina RF hududidagi harbiy nishonlarga qarshi qo‘llay olishi haqida va’da berdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden administratsiyasi Ukrainaga Amerika quroli bilan Rossiya hududi bo‘ylab zarbalar berishga yashirincha ruxsat etgani xabar berilgan edi.
Sharhlar