Anqarada aviakosmik kompaniya binosi yaqinida terakt sodir etildi
Turkiya poytaxti Anqarada harbiy samolyotlar ishlab chiqaruvchi kompaniya binosi yaqinida terakt sodir etildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Bugun Anqaradagi TUSAS kompaniyasi obуektlarida terakt sodir etildi. Hujum natijasida, afsuski, halok bo‘lganlar va yaradorlar bor”, – deb yozdi Turkiya IIV rahbari.
TUSAS zavodi Qahramonqozon tumanida joylashgan. Sabah gazetasi yozishicha, bino yaqinida o‘zini portlatuvchi portlovchi qurilmani ishga tushirgan. Ikki marta portlash sodir bo‘lib, keyin otishma bo‘lgan. Hozirda hududga xavfsizlik kuchlari, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiy brigadalar yo‘naltirilgan.
Ulashish:
Sharhlar