Anqaradagi terakt oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Фото: Haber

Anqaradagi Turkiya aerokosmik kompaniyasi binosiga uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan. Yangilangan ma’lumotlar Rajab Erdo‘g‘on tomonidan Qozondagi BRIKS sammitida e’lon qilindi.

Avvalroq mamlakat Ichki ishlar vazirligining rahbari Ali Yerlikaya 3 kishi halok bo‘lgani va 14 kishi yaralangani haqida xabar bergan edi.

“Alloh shahidlarimizni rahmatiga olgan bo‘lsin, yaradorlarimizga esa tezroq shifo tilayman”, – deydi Ali Yerlikaya. U “bu jirkanch hujumni” qoralab, terrorizmga qarshi kurashishni davom ettirishga va’da berdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.