Antalya aeroportida reyslar ommaviy ravishda ushlanib qolmoqda
Antalya aeroportida xorijiy reyslar ommaviy ravishda kechiktirilmoqda, bundan elektron tablo ma’lumotlari dalolat bermoqda.
Masalan, Sochiga samolyot uch yarim soat, Domodedovoga – deyarli besh soat kechiktirib yuborilishi rejalashtirilgan, deb yozadi “RBK”.
Sayyohlik mavsumi boshlandi, undan oldin ham Antalyadagi xalqaro terminal yo‘lovchilar oqimiga dosh berishga qiynalardi, deya eslatadi Turoperatorlar uyushmasining (ATOR) ijrochi direktori Maya Lomidze “RBK”ga.
“Bu barcha reyslarga tegishli ekanligini tushunish kerak”, – deya qo‘shimcha qiladi u.
Aeroflotning “RBK”ga ma’lum qilishicha, aviakompaniyaning Antalyaga va Antalyadan qatnovlari jadvalga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar