“Apollon-8” uchuvchisi, amerikalik astronavt Uilyam Anders aviahalokat oqibatida vafot etdi
“Apollon-8” fazoviy kemasida Oy atrofida aylangan va koinotdagi eng mashhur fotosuratlardan birini olgan amerikalik astronavt Uilyam Anders yengil motorli samolyotni boshqarayotib halok bo‘ldi.
Uning samolyoti Vashington shtatida, Sietldan shimolda suvga qulagan.
90 yoshli Andersning o‘g‘li Greg otasi kichik samolyotni boshqarganini, uning jasadi esa 7-iyun kuni topilganini tasdiqladi.
1968-yilda Anders Oygacha yetib borgan ekipajli ilk kosmik kema — “Apollon-8” missiyasining oy moduli boshqaruvchisi bo‘lgan. U Yer sayyorasining koinotdan olingan eng taniqli tasvirlaridan biri — “Yerning ko‘tarilishi” fotosurati muallifiga aylangan.
Ulashish:
Sharhlar