Apple kompaniyasi o‘zining Apple Intelligence sun’iy zakovatini taqdim etdi

Foto: AP Photo

Apple korporatsiyasi Worldwide Developers Conference (WWDC 2024) konferensiyasida Apple Intelligence (AI) sun’iy zakovat tizimi ishga tushirilishini e’lon qildi, deb yozadi Meduza.

Apple’ning sun’iy zakovati kompaniya konferensiyada taqdim etgan yangi operatsion tizimlar — iOS 18, iPad OS 18 va MacOS Sequoia’ga integratsiya qilinadi. Apple Intelligence foydalanuvchi uchun turli harakatlarni bajarishi mumkin, masalan, bildirishnomalarni boshqarishi, matnlarni avtomatik tarzda tuzishi yoki pochta va bsohqa ilovalardagi ma’lumotlarni umumlashtirishi mumkin.

Apple Intelligence iPhone 15 Pro va Pro Max, shuningdek, M1 va undan yangiroq versiyadagi chiplar o‘rnatilgan iPad va MacBook’da bo‘ladi.

Bundan tashqari, Siri ovozli yordamchisi ChatGPT’ga integratsiya qilinadi. U zarur ma’lumotni olish uchun chat-botga murojaat qiladi, so‘ng uni foydalanuvchiga uzatadi.

Taqdimot chog‘ida Apple aypadlarda birinchi marta “Kalkulyator” paydo bo‘lishini, ushbu ilova iPadOS 18 da mavjud bo‘lishini e’lon qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.