Apple servislari ishida katta ko‘lamli nosozliklar yuzaga keldi

эпл
Фото: RBK

Butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar Apple kompaniyasi servislari ishida nosozliklar yuzaga kelayotgani haqida xabar bermoqda. Bunday ma’lumot ommabop internet-manbalarda katta ko‘lamli nosozliklar va o‘chib qolishlarni kuzatib boruvchi Downdetector saytida aks etdi.

Portalda qayd etilishicha, dasturdagi nosozliklar haqida xabarlar Toshkent vaqti bilan 4-aprel 3:00 dan keyin kelib tushishni boshlagan. Nosozliklar App Store, Apple TV, Apple Music va boshqa platformalarda kuzatilgan. Bunday holat yuzaga kelishi sababi rasman ochiqlanganicha yo‘q.

Moskva va Vashingtonda Apple servislari ishlamay qolgani tasdiqlandi. 5:00 dan keyin Apple saytidagi “tizim holati” bo‘limi avvalroq ishlamay qolgan servislar yana ishlab ketgani, ammo uchta ilova ishidagi kichik muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.