CNN: Isroil Livandagi operatsiya haqida AQSHni xabardor qilgan
Isroil AQSHni Livanda operatsiya o‘tkazish rejalaridan xabardor qilgan, ammo uning tafsilotlariga aniqlik kiritmagan. Bu haqda CNN telekanali o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi. 17-sentabr kuni butun Livan hududi bo‘ylab peyjerlar portlay boshladi, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 20 kishi halok bo‘lib, 4 mingdan ortiq odam jabrlandi.
17-sentabr kuni erta tongda AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroil harbiy idorasi rahbari Yoav Gallant bilan telefon suhbati o‘tkazgan. Unda Isroil tomoni Livanga qarshi aynan qanaqa operatsiya tayyorlayotganiga aniqlik kiritmagan.
CNN manbalari qayd etishicha, tafsilotlarning yo‘qligi AQSH rasmiylari yuzlab peyjerlar portlayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lguniga qadar bexabarlikda qolganini bildiradi.
Livan hukumati 17-sentabr kungi voqealar uchun javobgarlikni Isroil zimmasiga yukladi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, “Mossad” “Hizbulloh”ning 5000 ta peyjeriga portlovchi moddalar o‘rnatgan. 18-sentabr kuni esa mamlakat hududida noutbuklar, ratsiyalar, portativ radiostansiyalar va boshqa aloqa vositalari portlay boshladi.
Sharhlar