AQSh Eron harbiy kemasiga kiberhujum uyushtirdi

Qo‘shma Shtatlar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazidagi kemalar haqida razvedka ma’lumotlarini to‘plashi mumkin bo‘lgan Eron harbiy kemasiga kiberhujum uyushtirdi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Qayd etilishicha, kiberhujum bir hafta oldin sodir bo‘lgan va u Iordaniya va Suriya chegarasidagi Amerika bazasiga dron hujumiga javob sifatida yo‘llangan.

Manbalarga ko‘ra, Bayden ma’muriyati Suriya va Iroqdagi Eron jangari guruhlariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Yana bir mumkin bo‘lgan javob bu “hujumkor kiber hujum”. Shu bilan birga, telekanalning taʼkidlashicha, soʻnggi oylarda Qoʻshma Shtatlar Eron va Suriyadagi “Eron guruhlari” vakillarining qurol-yarogʻ omborlariga bir necha bor hujum qilgan, ammo “bu jangarilarni toʻxtata olmagan”.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.