AQSh hukumati yirik IT-kompaniyalarni Rossiya va Erondagi senzurani chetlab o‘tishga yordam berishga chaqirmoqda
Kecha Oq uyda Amazon, Google, Microsoft va Cloudflare kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi, deb yozadi Reuters.
AQSh hukumati kompaniyalardan hukumat homiyligidagi Open Technology Fund tomonidan ishlab chiqilayotgan blokirovkalarni chetlab o‘tish vositalarining o‘tkazish qobiliyatini oshirishni so‘radi.
Bu vositalar, xususan, VPN-servislar Rossiya va Eronda keng tarqalgani, ushbu mamlakatlarda bu vositalar yordamida internet senzurasini chetlab o‘tishdan foydalaniladi.
“O’n yil davomida biz har oy to‘qqiz millionga yaqin VPN foydalanuvchisini muntazam ravishda qo‘llab-quvvatladik va hozir bu raqam to‘rt baravar oshdi”, – deydi tashkilot prezidenti Lora Kanningem.
Ulashish:
Sharhlar