AQSh Isroilda THAAD tizimini joylashtirishi mumkin
Vashington Eron raketa hujumlari sodir bo’lgan taqdirda Isroilda THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishi mumkin, deb xabar qilmoqda Isroil OAV manbalariga tayanib.
Isroil mudofaa kuchlari (IDF) radiosining qayd etishicha, THAADning Isroilda joylashtirilishi Isroilning Eron tomonidan mamlakatga yaqinda amalga oshirilgan ballistik raketa hujumlariga javob choralariga tayyorgarlikning bir qismidir.
12-kanal, o‘z navbatida, majmua amerikalik harbiylar tomonidan boshqarilishi haqida xabar beradi.
Shu bilan birga, Walla portali amerikalik manbalarga tayanib, Vashington hali THAADni Isroilga topshirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmaganini ta’kidlaydi.
1-oktabr kuni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi “To‘g‘ri va’da 2” operatsiyasi doirasida Isroilga nisbatan ko‘p sonli raketalarni uchirdi. Isroil harbiylari hujumga o‘zi o‘rinli bo‘lganda javob berishini aytdi.
Sharhlar