AQSh Isroilga harbiy yordam qisqarishi ehtimoliga ishora qilmoqda
Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi urush zonasida tinch aholining ahvolini yaxshilash uchun Isroilga bosim o‘tkazmoqda.
dpa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, agar yaqin 30 kun ichida bu borada yaxshilanish kuzatilmasa, Vashington bu AQShning harbiy yordam to‘g‘risidagi qonunini buzish sifatida baholanishi mumkinligi bilan tahdid qilgan. Bunday holatda AQShning Isroilga harbiy yordami kamayishi mumkin.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroil hukumatiga maktub yo‘llab, ularda Isroil hukumatidan G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash uchun “favqulodda va uzoq muddatli choralar” ko‘rishni talab qilgan edi.
Biroq, agar Isroil bu talabga e’tibor bermasa, qanday aniq oqibatlarga olib kelishi haqida haligacha hech qanday bayonot berilmagandi.
Sharhlar