AQSh janubidagi o‘rmon yong‘inlari sababli 1200 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

Фото: Cоц. Сети

Los-Anjelesda (AQSh) o‘rmon yong‘inlari sababli kamida 1200 kishi evakuatsiya qilindi, yong‘in maydoni 12,2 akrdan (4900 gektar) oshib ketdi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar beradi.

Qayd etilishicha, yong‘in janubi-sharqqa, Piramidalar ko‘li tomon tarqalgan. Yong‘in mahalliy magistral yo‘l yaqinidagi katta hududga ta’sir qilgan bo‘lib, tarqalishda davom etmoqda.

Kaliforniya o‘rmon xo‘jaligi va yong‘indan himoya qilish departamentiga ko‘ra, yong‘in ikkita tijorat ob’ektiga zarar yetkazgan. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Los Angeles Times gazetasining xabar berishicha, 17-iyun kuni kechqurun yong‘in maydoni 15 611 akr (6 070 gektar) ga oshgan. Bu Kaliforniyadagi bu yilgi eng yirik yong‘inga aylandi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in uy-joylar, shuningdek, infratuzilma, jumladan, elektr uzatish liniyalari, to‘g‘onlar va neft quvurlariga tahdid solgan. Voqea joyida o‘t o‘chirish xizmatlari ishlamoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.