AQSH koinotga sun’iy yo‘ldoshlarga hujum qilish tizimlarini joylashtirmoqchi
AQSH o‘z sun’iy yo‘ldoshlari guruhini himoya qilish va dushman orbital qurilmalariga hujum qilish uchun yerga va koinotga yangi vositalarni joylashtirmoqchi. Bu haqda The New York Times Pentagon mansabdorlari bergan intervyular va ularning omma oldidagi chiqishlari asosida xabar bermoqda.
AQSH Rossiya va Xitoyni sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurol-yarog‘ ishlab chiqishda ayblamoqda va ular orasida konvensiyaga zidlari ham borligini aytmoqda. Biroq AQSH ushbu sohada o‘zi olib borayotganlarni ishlar haqidagi ma’lumotni ochiqlashdan bosh tortmoqda.
“Pentagon rahbarlari aniq bir axborotni muhokama qilishdan bosh tortmoqda va faqat 2026-yilga kelib bizga to‘liq spektrdagi operatsiyalarda raqobatlashish imkonini beruvchi ahamiyatli orbital salohiyatga ega bo‘lish niyatlari haqida gapirmoqda, xolos”, — deyiladi maqolada.
Sharhlar