AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Moskva birjasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Buyuk Britaniya hukumati sanksiyalar ro‘yxatiga Moskva birjasidan tashqari Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysini ham qo‘shdi, deb yozadi “Meduza”.
Izohda aytilishicha, har uchala moliya tashkiloti ham strategik ahamiyatga ega biznesda Rossiya hukumatidan imtiyoz va yordam olgan va olmoqda. Buyuk Britaniyaning sanksiyalari aktivlarni muzlatish va trast xizmatlariga cheklovlarni o‘z ichiga oladi.
Bir kun avval AQSh Moskva birjasi, Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysiga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi. Shundan so‘ng, Moskva birjasi 13 iyundan dollar va yevrodagi savdolar to‘xtatilishini e’lon qildi.
Ulashish:
Sharhlar