AQSh prezidentining oilasi u qanday qilib saylovoldi poygasidan chiqishi mumkinligini muhokama qila boshladi
Baydenning oilasi uning qanday qilib poygadan chiqishini muhokama qila boshladi, deya xabar beradi NBC News. Oq uy buni rad etmoqda. Telekanal manbalariga ko‘ra, 81 yoshli Baydenning oilasi demokratlarga Donald Trampni yengish uchun eng yaxshi sharoitlarni ta’minlagan holda, Bayden yangi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodi ilgari surilishidan voz kechishi qanday bo‘lishi mumkinligini muhokama qilishmoqda.
Muhokama markazida, telekanal ta’kidlaganidek, birinchi xonim Jill Bayden, prezidentning o‘g‘li Xanter Bayden va singlisi Valeri Ouens, shuningdek, bir qancha yaqin yordamchilari bor.
Oq uy matbuot kotibining o‘rinbosari Endryu Beyts Baydenning oila a’zolari bunday suhbatlar o‘tkazayotganini rad etadi: “Bunday bo‘layotgani yo‘q”, – deydi u. Unga ko‘ra, bunday bayonotlar bilan chiqqan odamlar Baydenning oilasi yoki uning jamoasi nomidan gapirmayapti.
Telekanalning qayd etishicha, AQSh prezidentining ayrim ittifoqchilari Bayden yaqin kunlarda saylovoldi kampaniyasidan chiqishi mumkinligini tan olishmoqda. Baydenning o‘zi esa saylovda g‘alaba qozonish niyatida ekanini bir necha bor aytgandi.
Sharhlar