AQSH Shveysariyadagi Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida qatnashadi — Reuters
Reuters agentligi Amerikadagi manbasiga tayanib yozishicha, AQSH Shveysariyada Ukraina bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ishtirok etadi. Ammo u Amerika tomonidan qaysi darajadagi vakil kelishiga aniqlik kiritmadi, deb yozadi “Kommersant”.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Bayden va Xitoy raisi Si Szinpinni Shveysariya sammitida qatnashishga chaqirgan edi. Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib, Bayden Shveysariyadagi konferensiyani o‘tkazib yuborishi, chunki bu vaqtda o‘z saylovoldi kampaniyasiga mablag‘ yig‘ish uchun Kaliforniyaga ketishini ma’lum qilgandi.
Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti 15—16-iyun kunlari Shveysariyaning Byurgenshtok shahrida bo‘lib o‘tadi. Unga 160 ta davlat delegatsiyalari taklif qilingan. Rossiya sammitga taklif etilmagan. Rossiya tomoni taklifnoma olgan taqdirda ham tadbirga bormasligini ma’lum qilgandi. Shveysariya sammitda Rossiya qatnashishi muhimligini qayd etgan, Ukraina qarshi chiqqan edi.
Xitoy konferensiyadagi ishtirokini rasman rad etmagan, ammo tasdiqlamagan ham. Aprelda Germaniya kansleri Olaf Shols Xitoy raisi Si Szinpin Shveysariya konferensiyasini qo‘llab-quvvatlaganini bildirgandi. Shundan keyin Xitoy TIV mamlakat har qanday tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini, biroq Moskva va Kiyev nizosi ikki mamlakatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralari orqali yakunlanishi kerakligini ma’lum qildi.
Sharhlar