AQSh razvedka agentliklari: Rossiya Amerika saylovlariga tobora ko’proq aralashmoqda
Rossiya Federatsiyasi Amerika saylovlarining qonuniyligiga zarar yetkazish va Amerika jamiyatida bo’linishni kuchaytirish maqsadida soxta video va boshqa dezinformatsiyalarni tobora ko’proq tayyorlamoqda va tarqatmoqda. Bu haqida Milliy razvedka direktori idorasi, Federal qidiruv byurosi va ichki xavfsizlik departamenti qo‘shma bayonotida aytiladi.
“Bu sa’y-harakatlar zo‘ravonlikka, jumladan, saylov rasmiylariga qarshi ham qo‘zg‘alishi xavfi bor. Biz Rossiya rasmiylari uydirma materiallarni, jumladan, saylov kuni va saylov uchastkalari yopilganidan keyin bir necha kun va haftalar ichida tarqatishini kutmoqdamiz”, – deya ogohlantiradi AQSh razvedka agentliklari.
Oktabr oyi oxirida AQSh razvedkasi shtatlardan biri bo’lgan Pensilvaniyada kimdir saylov byulletenlarini yirtib tashlayotgani aks etgan soxta videoning ortida rus agentlari turganini aytdi. Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi bu ayblovlarni rad etdi.
Sharhlar