BMT Xavfsizlik kengashi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha AQSH rezolyutsiyasini qabul qildi
BMT Xavfsizlik kengashi AQSHning G‘azo sektorida o‘t ochishni bosqichma-bosqich to‘xtatish rejasidan iborat rezolyutsiyasini qabul qildi, deb yozadi “Kommersant”. Ushbu reja avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan bayon etilgan edi. 15 ta mamlakatdan 14 tasi uni yoqlab ovoz berdi. Rossiya betaraf qoldi.
Isroil va Falastinning “HAMAS” radikal harakati o‘rtasidagi sulh rejasi uchta bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchisi ikkala tomonning ham zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishini, anklavdagi aholi punktlaridan Isroil qo‘shinlarining olib ketilishini, “HAMAS” jangarilari tomonidan ushlab turilgan asirlarning ozod etilishini va Isroilda hibsda saqlanayotgan falastinliklarga ayirboshlanishini ko‘zda tutadi.
Ikkinchi bosqichda qolgan asirlar qo‘yib yuborilishi, Isroil qo‘shinlari G‘azo hududlaridan to‘liq olib ketilishi kutilmoqda. Agar ikkala tomon ham rozi bo‘lsa, o‘t ochishni to‘xtatish muddatsiz bo‘ladi. Uchinchi bosqichda esa, rezolyutsiyaga muvofiq, anklavni qayta tiklash boshlanadi. Rezolyutsiya, shuningdek, G‘azodagi har qanday hududiy va demografik o‘zgarishlarni rad etadi.
Sharhlar