AQSh Rossiya mudofaa vazirining besh nafar o‘rinbosariga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Фото: Открытые источники

AQSh Moliya vazirligi Rossiya mudofaa vazirining besh  nafar o‘rinbosari, jumladan, Vladimir Putinning amakivachchasi Anna Sivilyovaga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar beriladi.

Andrey Belousovning o‘rinbosarlari Pavel Fradkov, Aleksandr Fomin, Viktor Goremikin va Andrey Buliga ham cheklovlarga duchor bo‘lgan.

Jami 275 nafar shaxs va tashkilot turli mamlakatlardan, jumladan, Hindiston, Xitoy, Turkiya, Tailand va Shveytsariyadan sanksiyalarga tortilgan. AQSh Moliya vazirligining xabar berishicha, ular Rossiya hukumati Ukrainada urush olib borish uchun zarur bo‘lgan texnologiya va jihozlarni yetkazib berishda ishtirok etgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.