AQSh sanksiyalaridan keyin Rossiya davlat banklarida Xitoyning UnionPay kartalari bilan muammolar boshlandi

Фото: The Moscow Times

AQSh sanksiyalari bilan blokirovka qilingan Rossiya banklari mijozlarni o‘zlari tomonidan chiqarilgan UnionPay to‘lov tizimi kartalari xorijda ishlashni to‘xtatishi mumkinligi haqida ogohlantira boshladi.

“21-noyabrdan boshlab UnionPay to‘lov tizimi kartalarining xorijda ishlashida qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Agar siz chet elda bo‘lsangiz, naqd puldan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi Gazprombank bayonotida.

Bundan bir kun avval kredit muassasasi sanksiyalar uning ishiga ta’sir qilmasligini, kartalar esa ishlashda davom etishini aytgandi.

О‘z navbatida, “Primsossbank”  “hozirda bank AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani munosabati bilan xorijda UnionPay kartalari bo‘yicha operatsiyalar blokirovka qilinishi mumkin”ligini, biroq Rossiyada operatsiyalar amalga oshirilishda davom etishini ma’lum qildi. Bank Rossiya Federatsiyasidan tashqaridagi mijozlariga tezroq naqd pul olishni maslahat bergan. Shu bilan birga, bank xorijiy korrespondent banklardan yangi qoidalar va talablarni olguncha xorijiy valyutada o‘tkazmalarni qabul qilishni to‘xtatib turadi.

VTB menejerlari esa Xitoyda joylashgan yirik mijozlarga norasmiy ravishda UnionPay kartalaridan barcha yuanlarni zudlik bilan yechib olishni maslahat bera boshladi, degan shunday ogohlantirishni olganlardan biri The Moscow Times nashriga.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.