AQSH Senati hukumatni vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
AQSH Senati qisqa muddatli moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi, bu shatdaun (hukumat ishining to‘xtatilishi)ga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. Loyihani yoqlab 77 senator ovoz berdi, 13 kishi qarshi chiqdi, deb yozadi “Kommersant”.
Hujjat imzolash uchun AQSH prezidenti Jo Baydenga yo‘naltirildi. Moliyalashtirish to‘g‘risidagi amaldagi qonunning amal qilish muddati turli muassasalar uchun 1 yoki 8-martda tugaydi. Qonun loyihasi ularni tegishli ravishda 8 va 22-martgacha uzaytiradi.
AQSH Kongressi 2024-moliya yili uchun budjet loyihasini 2023-yil sentabridan buyon kelisha olmayapti. Kongressmenlar davlat muassasalarini vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini uch marta qabul qilishga ulgurgan. Xarajatlar qisqartirilishini va Amerika chegaralari kuchaytirilishini talab qilayotgan respublikachilar pozitsiyasi tufayli qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.
Sharhlar