AQSh strategik yadroviy kallaklar soni haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi

Фото: topwar.ru

Amerika Qo‘shma Shtatlari 2023-yil sentyabr holatiga ko‘ra strategik yadro kallaklari soni haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini bekor qildi, Milliy Yadroviy xavfsizlik agentligi 2023-yil sentyabr holati bo‘yicha ma’lumotlarni chop etdi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh strategik kuchlarni jihozlash uchun mo‘ljallangan 3748 ta yadro kallagiga ega. Hisobotda aytilishicha, 1994-yildan 2023-yilgacha Qo‘shma Shtatlar 12 088 ta yadro kallagini demontaj qilgan.

Oxirgi marta AQSh shunga o‘xshash ma’lumotni 2021-yil oktyabr oyida e’lon qilgan edi. O‘shanda ular 3750 ta yadro kallagiga ega edi. Qo‘shma Shtatlar 1967-yilda tarixda eng ko‘p yadroviy kallakka ega bo‘lgan – 31,3 mingta.

Stokgolm tinchlik muammolarini tadqiq qilish institutining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 2023-yil yanvar holatiga ko‘ra 4,5 ming strategik kallakka ega bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.