AQSh Turkiyaga SWIFT tizimidan uzib qo‘yish bilan tahdid qildi
Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan savdo davom etsa, Turkiyani SWIFT tizimidan uzib qo‘yish bilan tahdid qildi. Bu haqda Turkiya “Ona yurt” partiyasi raisining o‘rinbosari Xakan Topkurulu gapirgan.
“Turkiya AQShning SWIFT tizimi va dollar bilan xalqaro savdoga embargo joriy qilish tahdidi tufayli Vashington bosimiga qarshi tura olmaydi”, — deb yozadi “RIA Novosti” Topkuruluning so‘zlarini. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu fakt Anqarani Rossiya bilan savdoni qisqartirishga majbur qiladi.
Turkiya Vashington bosimiga qarshi tura olmaydi, chunki asosiy savdo dollarda amalga oshiriladi, deya xulosa qiladi Topkurulu.
Ulashish:
Sharhlar