AQSh va Polsha Rossiyadan keladigan soxta axborotga qarshi kurashish markazini ochdi
Bu haqda AP agentligi amerikalik diplomat Jeyms Rubin va uning feyk-yangiliklarga qarshi kurashish uchun mas’ul bo‘lgan polshalik hamkasbi Tomash Xlonga tayanib xabar beradi.
Markazning rasmiy nomi Ukraina kommunikatsiyalari bo‘yicha guruh, unga 12 davlat vakillari, jumladan Germaniya, Fransiya va Ukrainaning o‘zi kiradi, deb yozadi DW.
Markazning asosiy vazifasi butun dunyo bo‘ylab Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni zaiflashtirishga qaratilgan Rossiyaning dezinformatsion kampaniyalariga qarshi turish bo‘ladi. Oxirgi to‘qqiz yil ichida Yevropa Ittifoqi kamida 17 mingta Kreml foydasiga ishlatilgan dezinformatsiya holatini aniqladi. Ularning aksariyati Ukrainaga qarshi qaratilgan, deyiladi хabarda.
Sharhlar