AQSh va Ukraina payshanba kuni xavfsizlik to‘g‘risida kelishuv imzolaydi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Ukraina payshanba kuni xavfsizlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolaydi, bu Ukrainada Amerika kuchlarini qo‘llashni nazarda tutmaydi, dedi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan.
“Ukraina bilan muzokaralarimiz yakunlanganini va ertaga kelishuvlarni imzolanishini e’lon qilishdan mamnunman”, – dedi Sallivan Italiyaga ketayotgan prezident samolyoti bortidagi brifingda.
Translyatsiyani Oq uy olib borgan.
Sallivanning ta’kidlashicha, kelishuv Ukraina allaqachon olayotgan yordamga tegishli. “Ular qurol va yordam so‘rashdi, ular bizning kuchlarimizdan jangga qo‘shilishni so‘rashmadi. Bu kelishuv Ukrainani himoya qilish uchun kuchlarimizdan foydalanish majburiyatini o‘z ichiga olmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Sallivan.
Sharhlar