AQSh Yaponiyada yangi harbiy qo’mondonligini tuzadi
AQSh xavfsizlik aloqalarini mustahkamlash uchun Yaponiyada yangi harbiy qo’mondonlik tashkil etadi. Bu haqida The Wall Street Journal gazetasi xabar bermoqda.
Xitoyning harbiy qudratini oshirishi oldidan Vashington Osiyodagi ittifoqchilarini mustahkamlash choralarini ko’rmoqda, deyiladi materialda.
WSJ ma’lumotlariga ko’ra, yuqori martabali Amerika va Yaponiya rasmiylari 28–iyul kuni yangi shtab–kvartiranini e’lon qilishmoqchi.
Yangi Amerika qo’mondonligini uch yulduzli general boshqaradi. U Yaponiya tomoni bilan harbiy harakatlarni muvofiqlashtiradi, qo’shma mashqlarni rejalashtiradi va harbiy harakatlar sodir bo’lgan taqdirda mamlakat mudofaasida qatnashadi.
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri Yaponiya hududida AQSh harbiy bazalari va boshqa harbiy infratuzilma ob’ektlari mavjud. AQSh kuchlari va qo’shinlari tarkibida Yaponiyada taxminan 47 ming harbiy xizmatchi xizmat qiladi. Bosh qarorgohi Tokiodan 30 km g’arbda joylashgan Yokota bazasida joylashgan.
Sharhlar