AQShda o‘zbekistonlik erkak o‘z oilasining to‘rtta a’zosini o‘ldirdi
AQShda o‘zbekistonlik erkak o‘z oilasining to‘rtta a’zosini o‘ldirdi, deb yozadi New York Post.
Bu 19-iyul kuni Bruklinda sodir bo’lgan. 24 yoshli yigit onasi, akasining xotini va ikki farzandini pichoqlab o‘ldirgan. Nyu-York politsiyasi xodimlari shahar ko‘chalaridan birida qotilning 56 yoshli onasining jasadini bo‘ynida ko‘plab pichoq jarohatlari bilan topgan.
5 yoshli qizaloq va 4 yoshli bolaning jasadi pichoq bilan jarohatlangan holda uydagi shkafdagi sumkadan topilgan. Qotilning 27 yoshli kelini bolalar yonidan bir nechta pichoq jarohatlari bilan topilgan.
Gumonlanuvchi hibsga olingan. Politsiya uning ruhiy muammolari bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.
Ulashish:
Sharhlar