AQShda robot-politsiyachi qurollangan jinoyatchini zararsizlantirdi

Фото: habr.com

AQShning Texas shtatida robot-politsiya xodimi qurolli jinoyatchini zararsizlantirdi va qo‘lga oldi.

New York Post nashrining yozishicha, 39 yoshli Feliks De La Rosa qidiruvga berilgan va u moteldan topilgan. Uni hibsga olmoqchi bo‘lganida politsiyachilarga qarata o‘t ochgan. Tahdidga javoban zobitlar vaziyatni zararsizlantirish uchun robot olib kelishga qaror qilishdi.

Robot avvaliga jinoyatchiga qalampir gazi sepdi va u qochishga uringanida uning ustidan yugurib o‘tdi va shu bilan uni butunlay zararsizlantirdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.