AQShda sakkiz nafar tojikistonlik “Islom davlati” bilan ehtimoliy aloqa ishi bo‘yicha FTB tomonidan hibsga olindi
AQShda “Islom davlati” terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilinib, tojikistonlik sakkiz kishi hibsga olindi, deb yozadi New York Post. Ulardan olti nafari Rossiya fuqaroligiga ega.
“So‘nggi bir necha kun ichida Immigratsiya xizmati xodimlari fuqaroligi bo‘lmagan bir necha kishini hibsga oldi. Sa’y-harakatlar FTBning terrorizmga qarshi kurashish guruhi bilan yaqin hamkorlikda olib borildi. Hibsga olinganlar deportatsiya jarayoni kutililgan holda hibsda saqlanadi”, — deya AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi va Federal tergov byurosining qo‘shma bayonotidan iqtibos keltiradi gazeta.
New York Post gazetasining yozishicha, gumondorlar immigratsiya qonunchiligini buzgani uchun rasman hibsga olingan. Ularning barchasi janubiy chegarani kesib o‘tgan, kamida ikkitasi 2023 yil bahorida. Ularga hozircha “Islom davlati” bilan aloqadorlikda ayblovi qo‘yilgani yo‘q.
Sharhlar