AQShdagi saylovlar: Kreml kim tarafdori?

Фото: AP Photo / Alex Brandon

Amerika xalqi bir necha kundan so‘ng yangi prezidentni saylaydi. Nomzodlardan qaysi biri Kreml uchun manfaatli?

“Kamalada hammasi yaxshi”

Sentyabr oyida prezident Vladimir Putinning “favoriti” Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden edi, biroq u saylovoldi tashviqotini yakunlagach, Moskva Demokratlar partiyasidan yangi nomzod Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgandek bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Putin bu haqda Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida ma’lum qilgan edi.

“Bizning favoritimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, hozirgi prezident janob Bayden edi, lekin u poygadan chetlashtirildi, ammo u barcha tarafdorlariga vitse-prezident Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlashni tavsiya qildi”, — dedi Vladimir Putin. Putin Xarrisning “yuqumli kulishini” ta’kidlab, “unda hammasi yaxshi bo‘lsa kerak” degan fikrni bildirdi.

Harris uchun hamma narsa haqiqatan ham reja bo‘yicha ketyaptimi yoki yo‘qmi, saylov kuni aniq bo‘ladi. Ular keskin raqobatni va’da qilishmoqda: bugungi kunda nomzodlar, sobiq prezident, respublikachi Donald Tramp va Baydenning ittifoqchisi Kamala Xarris o‘rtasidagi tafovut so‘rovlar xatosi chegarasida.

Kim bilan kelishish osonroq?

Ko‘pchilik tahlilchilarning fikricha, na Xarris, na Tramp Rossiya va AQSh o‘rtasidagi keskin munosabatlarni tubdan yaxshilay olmaydi. Xarris Moskvaga nisbatan qat’iy pozitsiyani egallagan va Tramp Putindan iqtibos keltirganiga qaramay, uning prezidentligi davrida Rossiyaga qarshi keng qamrovli sanktsiyalarni joriy qildi.

Garvard xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi raisi Timoti Koltonning fikricha, Tramp Kreml rahbariyati uchun afzalroq bo‘lishi mumkin, chunki u “ma’lum kattalik” hisoblanadi.

Xarris Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi va agar u g‘alaba qozonsa, Bayden ma’muriyatining Kievga harbiy va iqtisodiy yordamini saqlab qolishi kutilmoqda, Tramp esa, ehtimol, Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni yumshatish orqali mojaroga barham berish istagiga shama qilgan.

Rossiya 2022-yilda Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirganidan beri Qo‘shma Shtatlar Kievga 60 milliard dollarga yaqin qurol va boshqa yordam ko‘rsatdi. Qo‘shma Shtatlarda hamma ham bunday xarajatlardan mamnun emas. Trampning ittifoqchisi, Ogayo shtati senatori Djey Di Vens harbiy mojaroga barham berish uchun Ukrainaga avvallari uning bir qismi bo‘lgan hududlardan voz kechishni taklif qildi – bu pozitsiyani Kiуev rad etdi, biroq Moskva qo‘llab-quvvatladi.

Xarris esa Rossiyani inson huquqlarining poymol etilayotgani, xususan, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning qamoqxonadagi o‘limi tufayli ochiqdan-ochiq tanqid qildi. U uning o‘limini “Putin shafqatsizligining yana bir dalili” deb atadi. Ammo Tramp rossiyalik muxolifat yetakchisining o‘limiga izoh berar ekan, Rossiya prezidentini ayblamay turib, o‘zining qonun bilan bog‘liq muammolariga shama qildi.

Tahlilchilarning fikricha, Trampning saylanishi NATO ichida muqarrar ravishda nizolarni keltirib chiqaradi, chunki u Amerikaning mudofaa xarajatlari maqsadlariga erisha olmagan ittifoqchilarni himoya qilish mas’uliyatini shubha ostiga qo‘ygan.

Kamala Xarris mutlaqo qarama-qarshi pozitsiyaga ega: u AQShning NATO oldidagi majburiyatini “temir majburiyat” deb aytdi.

Yadroviy kelishuvlar Rossiya uchun yana bir nozik sohadir, chunki AQSh va Moskva o‘rtasida yadroviy qurollar bo‘yicha so‘nggi shartnoma hisoblangan “SNV”  shartnomasi 2026-yilda tugaydi. Xarris Bayden siyosatiga muvofiq uning uzaytirilishini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Ammo Tramp, eslaymizki, avvalroq Sovet Ittifoqi bilan 1987-yilda imzolangan O‘rta va uzoq masofali yadroviy kuchlar shartnomasidan chiqib, Rossiya va Xitoyni hm o‘z ichiga oladigan yadroviy qurollar bo‘yicha yangi pakt tuzmoqchi ekanini ta’kidlagan edi.

Amerikaliklar o‘z siyosiy tanlovlarini qilishga tayyorlanar ekan, Kreml g‘olib AQShning Ukrainaga nisbatan siyosatini, NATO yoki yadroviy qurollar bo‘yicha kelishuvlarni o‘zgartirishini kutmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.