Arab Ligasi UNRWAning Isroilda taqiqlanishiga qarshi
Payshanba kuni Arab Davlatlari Ligasi (LAS) Isroil hukumatining BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko’rsatish va ishlar agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlovchi rezolyutsiya loyihasini ma’qullaganini “yaroqsiz” deb atadi va BMTning qarshi rezolyutsiyasi zarurligini ta’kidladi. Bu haqda “Arabi21” xabar bermoqda.
Arab Ligasi davlatlarining doimiy vakillari Yaman doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Ali Solih Muso boshchiligidagi Liga kengashining favqulodda yig‘ilishida Iordaniya tomonidan taqdim etilgan so‘rov asosida shunday rezolyutsiyani qabul qilishga chaqirishdi.
Kengash “Isroilning bosib olingan Falastin hududida UNRWA faoliyatini taqiqlash bo’yicha noqonuniy choralar ko’rishga bo’lgan eng qat’iy urinishini” qoraladi.
Sharhlar